Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunni qo‘llashdagi muammolarga bag‘ishlandi
18:50 / 2023-07-25

Buxoro viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida” gi qonuni va Prezidentimizning 2023 yil 12 iyuldagi “To‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sudlar tomonidan bankrotlik nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Buxoro viloyati iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi S.Abdurasulov, Buxoro viloyat iqtisodiy sudlarning sudyalari, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi vakili N.To‘rayev hamda sud boshqaruvchilari, Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi  xodimlari M.Rasulov va S.Musoyevlar ishtirok etdi.  

[gallery-12896]

Tadbirda sud amaliyotidan kelib chiqqan holda sud boshqaruvchilari tomonidan  yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilish holatlari, bankrotlik ishlarini yuritishdagi xatoliklarga oid muhim masalalar ham muhokama qilindi.  

Savol-javoblarga boy bo‘lgan seminarda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda sud boshqaruvchilari va sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ishlarni ko‘rishdagi sansolarlikni oldi olish va sudlarda ko‘rib chiqilayotgan bankrotlik nizolariga doir ayrim masalalar yuzasidan yagona yondashuvni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.  

N.Bozorova, O‘zA