Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunlar o‘zboshimchalikni yoqtirmaydi
10:38 / 2025-03-02

Jizzaxda viloyat sudi hamda viloyat ma’muriy sudi tashabbusi bilan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar hamda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash, yer uchastkasidan foydalanish huquqiga doir masalalar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Jizzax viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, tumanlararo (tuman) sudlari hamda viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari, viloyat prokuraturasi, viloyat, tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari va huquqshunoslari, Davlat kadastrlar palatasi hamda Kadastr agentligi viloyat boshqarmalari, viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Jizzax viloyat sudi raisi Akram Shukurov va boshqalar ushbu toifadagi ishlarni ko‘rish 2023 yilga nisbatan ko‘payganligini, 2024 yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarni buzish bilan bog‘liq jami 455 ta, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarishga doir jami 993 ta fuqarolik ishlari ko‘rilib tamomlanganligini ta’kidladi.  

2024 yil davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarishga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 810 tasi bo‘yicha da’vo arizalari qanoatlantirilgan, 129 tasi rad qilingan, 47 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 7 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

– Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari, uy-joylar, bino va inshootlar uchun kompensatsiya ajratish, mulkdorlarni majburiy ko‘chirishga oid jami 30 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan, – deydi Jizzax viloyat sudining sudyasi Sobir Nabiyev. – Shundan 9 tasi bo‘yicha da’vo ariza qanoatlantirilib, taraflar foydasiga 2 milliard 100 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirish belgilangan.

Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2024 yil davomida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi va uning filiallariga nisbatan mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish va majburiyat yuklash yuzasidan 90 ta ish ko‘riib chiqilgan.

– O‘tgan 2024 yil davomida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan jami 643 ta ma’muriy ish mazmunan ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 308 ta shikoyat arizasi qanoatlantirilgan, 335 ta shikoyat arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan, – deydi Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi raisi Mansur Toshpo‘latov. – Shundan viloyat, tuman (shahar) hokimliklarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar 234 tani, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqidagi ishlar 35 tani tashkil etgan.

[gallery-22065]

O‘tkazilgan davra suhbatida barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, mazkur toifadagi ishlar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari eshitildi.  

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari