Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonundagi o‘zgarishlar muhokama qilindi
10:48 / 2022-08-13

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumani sudi raisi F.Choriyev tomonidan Shahrisabz tumani IIB ma’muriy binosida IIB xodimlari ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazilib, unda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek seminar mashg‘uloti davomida tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yarashuv instituti kiritildi.

– Surishtiruv, Ichki ishlar organlari proflaktika inspektorlari tomonidan mazkur institut amaliyotda deyarli qo‘llanmasdan kelayotganligi sababli mazkur qonunning mazmun-mohiyati va uni qo‘llash yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudi tomonidan Shahrisabz tuman IIB bilan hamkorlikda semenar mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudi raisi F.Choriyev. 

– Shunga ko‘ra yarashuv instituti qo‘llash bo‘yicha profilaktika inspektorlari o‘rtasida har haftada ya’ni iyun oyi davomida 4 marta semenar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha yarashuv institutini tadbiq qilish qo‘llanmasi” tumandagi barcha profilaktika inspektorlariga yetkazilib uning qog‘oz shakli ularning xizmat xonasida bo‘lishi ta’minlandi. 

Surishtiruv organlari, shu jumladan Shahrisabz tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan mazkur institutni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash  nazoratga olindi.

O‘lmas Barotov, O‘zA