Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunda davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash o‘z aksini topmoqda
16:06 / 2021-12-28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi davom etmoqda. Deputatlar “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.

Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli sub’ektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.

Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjatda shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

N.Nasriyev, O‘zA