Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish – import va eksport ko‘lamini kengaytiradi
17:18 / 2025-06-11

Mamlakatimizda korporativ munosabatlarni rivojlantirish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari, kuzatuv kengashlari a’zolarining fidutsiar majburiyatlari, majoritar aksiyadorlarining umumiy majburiyatlari hamda ushbu majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik belgilanishini huquqiy jihatdan tartibga solish, qonunchilikni xalqaro normalarga, shu jumladan, Jahon savdo tashkilotining bitimlariga uyg‘unlashtirish orqali tashqi savdoni yanada liberallashtirish zarurati yuzaga kelgan. 

Bu Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi  majlisida qayd etildi. Shu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga aksiyadorlarning umumiy majburiyatlarini hamda ularning javobgarligini aniqlashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu qonun bilan Bojxona kodeksiga eng ko‘p qulaylik berish rejimiga ega bo‘lmagan mamlakatlardan O‘zbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlar mavjud bo‘lmaganda import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qo‘mita a’zolari o‘z chiqishlarida mazkur qonun aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining hamda majoritar aksiyadorning jamiyat va boshqa aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab, halol va oqilona ish olib borishiga, ularning mas’uliyatini oshirishga, shuningdek, milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisobidan savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oshirishga, import va eksport ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

N.Abduraimova, O‘zA