Senat yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur hujjat “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, qo‘riqlash faoliyati sohasiga tegishli ayrim qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqilgan.
Ta’kidlanganidek, Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni senatorlar tomonidan ma’qullanib, 2022 yil iyun oyida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan.

“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonundan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunlarda va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda aks etgan “harbiylashtirilgan soqchilik” tushunchasi “harbiylashtirilgan qo‘riqlash” tushunchasi bilan o‘zgartirilmoqda.
Senatorlar ma’qullagan qonun qo‘riqlash faoliyati sohasidagi tushunchalarning aniq va bir xil qo‘llanilishiga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
O‘zA