French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchilikdagi yangiliklar aholiga tushuntirildi
11:01 / 2022-09-30

bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar mazmuni va ahamiyatini, shu jumladan qonun ijodkorligi borasidagi yangiliklarni aholi vakillariga tushuntirish, fuqarolarning xabardorligini oshirish muhim masalalardan biridir.

Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlardagi faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Xalq vakillari o‘z saylovchilari bilan uchrashuv va muloqotlarda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar hamda qonunchilikdagi o‘zgarish va yangililiklar haqida batafsil ma’lumotlar beradi. 

Jumladan, deputat Odinaxon Otaxonovaning Andijon viloyati Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi saylovchilar bilan uchrashuvlari ham samarali kechdi. Xalq vakili uchrashuvlarda yangi qabul qilinayotgan qonunlar haqida to‘xtalar ekan, ular eng avvalo, yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga, yoshlar, xotin-qizlarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini qayd etdi. 

Shuningdek, deputat tumandagi bir qator mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, bemorlar holidan xabar oldi. Aholini qiynayotgan turmush muammolarini aniqladi, tegishli idoralar e’tiborini ushbu kamchiliklarni hal etishga qaratdi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning salmoqli qismi joyida bartaraf etildi. 

Xalq vakili uchrashuvlar davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan urug‘chilik korxonasida ham bo‘lib, bu yerda tayyorlanayotgan urug‘ning hajmi, saqlash tizimi, sharoiti, keyingi yil uchun tayyorlanayotgan urug‘ sifatini o‘rgandi. 

Deputat O.Otaxonovaning uchrashuvlari Shahrixon tuman maktabgacha ta’lim muassasasida davom etdi. Muloqot chog‘ida xalq vakili yurtimizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, ta’mirlash va jihozlash, bolalar bog‘chalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

M.Komilova, 
O‘zA