Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchilikda issiqxona gazlarini cheklash masalasi belgilanmoqda
14:42 / 2024-07-16

Iqlim o‘zgarishlari va atmosfera ifloslanishida issiqxona gazlarining ham yaxshigina “hissasi” bor. Bu borada yurtimizda muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, yaqinda 500 ming tonnalik issiqxona gazlari emissiyasi muvaffaqiyatli kamaytirilgani natijasida Jahon bankining Transformatsion uglerod aktivlari jamg‘armasi (TCAF) O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. Bu mamlakat energetika sektorini isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilgan “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan issiqxona gazlari chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari, qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik munosabatlari aniq belgilanmoqda.

Deputat I.Xushvaqtovning qayd etishicha, mazkur loyihada issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aks atmoqda. Issiqxona gazlari chiqarilishini davlat tomonidan hisobini yuritish tartib-qoidalari ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, issiqxona gazlari chiqarilishini cheklash choralarini monitoringi, hisoboti va verifikatsiya tizimi asoslari va tartibi mustahkamlanmoqda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi iqtisodiyot tarmoqlarida chiqarilayotgan issiqxona gazlarini tartibga solishga, fuqarolarining qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Muhokama va savol-jvoblardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA