French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunchilik palatasi Spikeri Rossiya Federatsiyasi Majlisi Federal Kengashi Raisi bilan uchrashdi
12:17 / 2022-07-07

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Rossiya Federatsiyasi Majlisi Federal Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.

Uchrashuvda N.Ismoilov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikda sezilarli natijalarga erishilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. 

V.Matviyenkoning ta’kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parlament hamkorligi doimo ishchanlik va do‘stona muhitda o‘tmoqda. 

– Parlament diplomatiyasini rivojlantirish davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarni to‘ldiruvchi Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida uch yuz ellikka yaqin hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza yaratilgani biz uchun muhim, – deydi V.Matviyenko. 

Muloqotda tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishiga ishonch bildirdilar. 

O‘zA