Qonunchilik palatasi qarori bilan Yangihayot tumani tashkil etildi
Oʻzgartirilgan chegaralar hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 419,6 gektardan iborat boʻlgan Yangihayot tumani tashkil etildi.
“Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl, va Oʻrtachirchiq tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisida” Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari oʻzgartirildi.
Oʻzgartirilgan chegaralar hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 419,6 gektardan iborat boʻlgan Yangihayot tumani tashkil etildi.
Qaror Senatga yuborildi.