Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunbuzilishi sodir etganlar javobgarlikka tortilmoqda
10:35 / 2024-05-15

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaslik holatlarini aniqlash, yerdan maqsadli foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joylarda qayd etilayotgan qonunbuzilish holatlariga o‘z vaqtida chora ko‘rish maqsadida yer qonunbuzilishini sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” gi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortilgan.  

– Agentlikning hududiy shahar va tuman inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, ularda noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish kabi qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 464 nafar huquqbuzarga nisbatan 4 milliard so‘mdan ortiq jarima qo‘llanilgan, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi ma’muriy amaliyot shu’basi boshlig‘i Shavkat Abdullayev. – Bundan tashqari, jarima jazosi qo‘llanilgan shaxslar tomonidan jarimalar belgilangan vaqtda to‘lanmagan ish hujjatlari Majburiy ijro byurosiga jarimalarni undirish uchun yuborilgan.  

Shuningdek, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 60-moddasi 2-qismiga asosan yuritilgan ishlarning 175 tasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan birinchi marta sodir etilganligi hamda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasini qaytarganligi, oqibatlarini bartaraf etgani uchun huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi tugatilgan va ma’muriy jazodan ozod etilgan.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri