FOTOREPORTAJ
Samarqand shahar maktabgacha va maktab bo‘limi tomonidan 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.
Jumladan, “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida insholar, “Konstitutsiya – kelajagim mash’ali” mavzusida rasmlar, “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovlarida shahardagi barcha umumta’lim maktablarining eng mahoratli, badiiy ijodga qiziquvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.
– Inson qachon o‘zini baxtli, deb hisoblaydi, albatta, huquq va erkinliklari qadr topgan, burch va vazifalarini erkin, munosib sharoitlarda bajarish imkoniyati yaratilgan jamiyatda, - deydi Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘’ba rahbari Bahrom Maxmatqulov. – Buning uchun jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanishi va albatta, fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi zarur. Bugungi tanlovning bosh maqsadi o‘quvchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning inson hayotida tutgan ahamiyati nimadan iborat ekanligini tushuntirishdan iborat. Qonunlarning mohiyatini tushungan o‘quvchi ertaga o‘z haq-huquqlari va majburiyatlarini to‘laqonligi anglab yetadi. Va o‘zini ham, yurtni ham asrab, avaylab, uning taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishga intiladi. Huquqiy madaniyat shakllangan jamiyat barqaror va farovon bo‘ladi.
[gallery-26591]
Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA