Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun targ‘iboti taraqqiyotga xizmat qiladi
18:30 / 2017-02-03

Andijonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga oid qonunlar ijrosi va xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Andijonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga oid qonunlar ijrosi va xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Partiya viloyat kengashi a’zolari, bank, moliya idoralari mutaxassislari, tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkni huquqiy himoya qilish va huquqiy targ‘ibotni yanada kuchaytirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Soliq qonunchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay sharoit yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkor va fermerlar o‘rtasida targ‘ib qilish borasidagi vazifalar xususida fikr almashildi. 

– Ishtirokchilarga qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushunchalar berildi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyati kengashi raisi Zuhriddin Jumaboyev. – Bunday tadbirlar orqali tadbirkorlar hamisha davlatimiz himoyasida ekanini teran his etib, faoliyatidagi muammolarga, turli to‘siqlarga to‘g‘ri, oqilona va o‘z vaqtida yechim topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.