French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun loyihasi xotin-qizlar muhokamasida
14:48 / 2020-10-03

Inson manfaatlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan normalar qonun loyihasida oʻz aksini topgan.


Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan hamkorlikda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi xotin-qizlar nigohida” mavzusida videokoferensiya tarzida tadbir oʻtkazdi.

Inson manfaatlari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan normalar qonun loyihasida oʻz aksini topgan. Shuningdek, loyiha bilan har bir shaxsning diniy taʼlim muassasalarida professional diniy taʼlim olish, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida diniy taʼlim berish) oʻrgatish huquqi belgilanmoqda. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgach, fuqarolar, taʼlim va diniy taʼlim muassasalari, turli konfessiya vakillaridan, xotin-qizlar va yoshlardan takliflar kelib tushdi. 

Muhokamalar jarayonida kelib tushgan takliflar tahlil qilinib, joylarda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida aholi oʻrtasida keng tushuntirishlar olib borish zarurligi deputatlar tomonidan taʼkidlandi. 

Qonun loyihasida inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va bevosita Oʻzbekiston sharoitida dinlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy sharoitlarini oʻz ichiga olganligi, insonlarning jinsidan qatʼiy nazar eʼtiqodi kamsitilmasligi kafolatlanishi koʻrsatilgan.

Savol-javob tarzida oʻtgan tadbirda deputatlar, siyosiy partiyalarning “Ayollar qanoti” faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari komissiyasi aʼzolari qonun loyihasiga oʻz takliflarini berdi.