Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun loyihalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi muhim
20:01 / 2025-03-17

Yangi qonunlar Bosh qomus, milliy qonunchilik, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga mos bo‘lishi kerak.

Ayniqsa, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda aholi va keng jamoatchilik bildirgan fikrlar va pozitsiyalarni o‘rganish hamda ularni inobatga olish jamiyat va davlat hayotiga oid strategik qarorlar qabul qilishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan “Qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun sohaga oid jarayonni takomillashtirishga qaratilgan. 

Qonun bilan qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasi (matni)ning huquqiy ekspertizasi natijalari, shuningdek, qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish masalalari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish to‘g‘risidagi norma mustahkamlanmoqda.

Senatorlar ma’qullagan hujjat qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlarning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini oshirish, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlash, xalqchil hamda to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilinishiga xizmat qiladi. 

N.Abduraimova, O‘zA