French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun ijodkorligi jarayonida yoshlarning ishtiroki kengaytiriladi
10:08 / 2026-03-04

Senatda Toshkent shahridagi bir qator xorijiy va davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyadagi faol yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlar Senat va Yoshlar parlamenti faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni, shuningdek, senatorlarning ish tartibi bilan yaqindan tanishdi.

Senator Malika Qodirxonova parlament islohotlari, qonun ijodkorligi jarayonida yoshlarning ishtirokini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda yoshlar bilan ochiq muloqotning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Tadbir davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova Prezidentning yoshlar bilan yaqinda o‘tkazgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. 

Uchrashuv yakunida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 ***

Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini qonunchilik darajasiga olib chiqish mexanizmini yaratish, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda huquqiy jihatdan ijtimoiy loyihalar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Endilikda xorijdagi yosh mutaxassislar va olimlar qonun loyihalari muhokamasiga ekspert sifatida jalb etiladi hamda “Xorijdagi yoshlar - parlament bilan muloqot” doimiy platformasi yaratiladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning global intellektual salohiyatini parlament faoliyati bilan integratsiya qilishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

N.Abduraimova, O‘zA