English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun buzilishi holatlari aniqlandi
13:54 / 2023-07-11

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot va idoralarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyati o‘rganilganda ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonun buzilishlar aniqlandi.

Joriy yilning o‘tgan olti oyida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda 42 marotaba o‘rganish, jumladan, 14 tasi murojaatlar asosida va 33 marotaba monitoring tadbirlari o‘tkazildi. Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 8 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Qonun buzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarida 3 ming 290 ta, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy tuzilmalarida 1 ming 333 ta, Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuzilmalarida 1 ming 329 ta, Sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan 802 ta, Soliq organlari tomonidan 663 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Shuningdek, 216 ta bandlik va mehnat munosabatlari idoralari, 210 ta mahalliy hokimliklar tizimida, 15 ta bojxona idoralari, 449 tasi esa boshqa xizmat ko‘rsatuvchi idoralar tomonidan sodir etilgan. Boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 214 ta ogohnoma, 15 ta taqdimnoma kiritilib, 40 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. 190 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Hozirda, Toshkent viloyati adliya boshqarmasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Abbos Ahmedov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi sho‘’ba mudiri,

O‘zA.