Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun buzilishi haqida xabar bergan shaxs rag‘batlantiriladi
08:50 / 2023-05-30

Barchamizga ma’lumki, aholi sonining o‘sishi uy-joyga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi. Yer maydonlarini o‘zlashtirish, binolar qurish va ekinzor sifatida foydalanishda o‘ziga yarasha murakkab yechimlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida yer maydoniga noqonuniy aralashuvlar kelib chiqadi.

Jamiyatimizda shunday insonlar borki, yer maydonlarini noqonuniy sotish, yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga urinishadi. Bunday qonunga zid egallab olingan yer maydonini yoki qurilgan inshootni hujjatlashtirishning imkoni yo‘q. Davlatimiz tomonidan mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida bir qancha qonun hujjatlari ishlab chiqilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 aprel kuni qabul qilingan “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi qarorining to‘qqizinchi bobida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati va jamoatchilik nazorati sub’ektlarini rag‘batlantirish tartibi ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, jamoatchilik nazorati sub’ektlari maxsus vakolatli davlat organiga yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida fotosuratlar, videoyozuvlarni ilova qilgan holda, axborot tizimi orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat qilishi mumkinligi, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida ma’lumot bergan shaxslar undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilangan.
Huquqbuzarlik haqidagi video faylning davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi, videoyozuv ma’lumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi lozimligi, huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Isatay Tleuov,
Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i.
O‘zA