French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlar intizomiy javobgarlikka tortildi
16:54 / 2022-08-10

Andijon viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan joriy yil 1-yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda mamlakatimizda adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Anjumanda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva media tizimida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, yolg‘on va turli axborot xurujlariga qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishda media tizimining o‘rni, huquqiy manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, adliya tizimidagi ochiqlik, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi, uning tuman, shahar tizimlarida joriy yilning o‘tgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar, xususan, qonuniylikni mustahkamlash, huquqiy targ‘ibot, ya’ni mahallabay, xonadonbay, fuqarobay targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati, samaralari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

– Boshqarma va uning tuman, shahar bo‘limlariga joriy yilning olti oyida 5 ming 748 ta murojaat kelib tushdi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bozorov. – Murojaatlarning 5 ming 294 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar tegishli idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda o‘rganish, ijrosini ta’minlash uchun  yuborildi.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, ularning 4 ming 72 tasi inson huquqlarini himoya qilish, 323 tasi davlat xizmatlari ko‘rsatish, 917 tasi huquqni qo‘llash amaliyoti hamda 436 tasi boshqa sohalarga oid ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 407 ta taqdimnoma, sudlarga umumiy summasi 12,8 milliard so‘mdan ortiq 1 ming 411 ta da’vo arizasi, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 68 ta taklif kiritilgan.

Boshqarma va tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 678 marta o‘rganish va monitoring tadbirlari o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha turli idoralarga 3 ming 451 ta taqdimnoma yuborildi. Ushbu taqdimnomalar natijasida fuqarolar foydasiga 5 milliard 628 million so‘m miqdorida mablag‘lari qaytarilishiga, 194 ta hujjat ijrosi to‘xtatilishiga hamda 3 ming 614 ta hujjat bekor qilinishiga erishildi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 2 ming 25 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 6 nafar vakolatli shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi ta’minlangan.

Anjumanda Prezidentimizning 2022 yil 17 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYO organlari adliya tuzilmasiga o‘tkazilganligi ta’kidlandi, ana shu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yil birinchi yarmida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 180 dan ortiq turdagi 265 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan. Shuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarga 65 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Murojaatlar bo‘yicha tegishli ishlar bajarildi. Jumladan, 38 ming 335 nafar chaqaloqning tug‘ilganligi, 8 ming 992 nafar fuqaroning vafot etganligi qayd etildi, 8 ming 992 ta nikoh, 2 ming 534 ta ajrim rasmiylashtirilgan.

Anjuman doirasida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar” nomli qo‘llanma taqdimoti ham o‘tkazildi.

[gallery-8247]

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA