Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘nqonda ishchi guruh tomonidan 8 mingdan ortiq muammolar aniqlandi
10:27 / 2021-01-25

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Qo‘qon shahridagi mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni xonadonma-xonadon yurib o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Xalq deputatlari viloyat va Qo‘qon shahar kengashlarining qo‘shma sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi  Xayrullo Bozorov amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlarga hisobot berdi.

bugungi kunda hududlardagi muammolarni hal etishda mahallabay ishlashning ahamiyati katta. Xususan, mazkur o‘rganishlar yakuni buni yaqqol ko‘rsatdi. Qo‘qon shahridagi mavjud 49  ming 814 ta aholi xonadonlari birma-bir o‘rganilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan 8 ming 16 ta muammolar aniqlangan. Viloyat sektor rahbarlari, boshqarmalar, tashkilotlar hamda shahar hokimligi mutasaddilari bilan hamkorlikda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga qadar aniqlangan 6 ming 449 ta muammolar ijobiy hal etildi. Jumladan,  tadbirkorlikka oid masala va takliflar bildirgan 176 nafar fuqarolar murojaati to‘liq o‘rganilib, barchasiga yer maydonlari ajratib berildi.

“Har bir oila tadbirkor” yo‘nalishi bo‘yicha 131 nafar  fuqaroga 2 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Shaharda “Qo‘qon yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil qilinib, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlariga 3,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi va  o‘rganishlar davomida 86 tadbirkorlarga yer maydoni ajratib berildi. Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish dolzarb vazifa sanaladi. Shaharda ham ishsizlar soni anchagina.  Ish so‘rab murojaat qilgan  fuqarolarning  240 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan  3 ming 183 nafar fuqarolarga 2,1 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, 11 nafar fuqarolarga qiymati 60  million so‘mlik tikuv mashinalari homiylik asosida yetkazib berildi, oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 7 nafar talabaga 42 million so‘m kontrakt pullari to‘lab berildi. Shuningdek, 47 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi. 11 nafar fuqarolar quloq eshitish moslamasi bilan ta’minlandi,

2 nafar fuqaroga protez-ortopediya mahsulotlari olish uchun imtiyozli talon berildi. Hamda 63 nafar fuqarolarga sog‘ligini tiklashi uchun sihatgohga yo‘llanma va imtiyozli order berildi. Shu o‘rinda aytish kerakki, uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha  eng  og‘ir sharoitdagi xonadonlarning 79 tasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, 28 tasi yangidan qurilmoqda va bu maqsadlarga  3,1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha ya’ni, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha aniqlangan  muammolarni bartaraf etishga 1,8 milliard so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa,  gaz ta’minotini yaxshilash ishlariga 745 million so‘m, ichimlik va oqova suv ta’minoti  bo‘yicha 7,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, bu sohada ham natijaga erishildi.

Bularning barchasi ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlar hamda bank kreditlari hisobidan 30,4 milliard so‘m mablag‘ hisobiga amalga oshirildi.

Ijtimoiy hayotning boshqa barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha muddat va ko‘p mablag‘ talab etiladigan qolgan 1 ming 567 ta, ya’ni 19,5 foiz murojaatlar viloyat va shahar darajasida hal etilishini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilib, qo‘shma sessiya qarori bilan tasdiqlandi.

M.SULAYMONOV,  O‘zA