Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonli yo‘l: yordam kuchlarining aybi nimada?
11:34 / 2025-04-11

G‘azoda 15 nafar favqulodda xizmat xodimi o‘ldirilgan. Hujum payti 100 dan ziyod o‘q uzilgani, ba’zi nishonlar 12 metrdan mo‘ljalga olingani ma’lum bo‘ldi.

BBS “Verify” buyurtmasi bo‘yicha ushbu voqea yuzasidan uyali telefon tasvirlarini ko‘rib, sud-tibbiy audio tahlilini o‘tkazgan.

23 mart kuni Rafoh yaqinida sodir etilgan xunrezlik aks etgan 19 daqiqalik video lavha Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining qurbonlar juda yaqin masofadan otilgani haqidagi da’vosini tasdiqlaydi. Isroil Mudofaa kuchlari esa tahlilga bevosita izoh berishdan bosh tortgan.

Halok bo‘lgan shifokor Rifoat Radvan tushirgan tasvirda karvon tunda yonib-o‘chadigan favqulodda chiroqlar bilan harakatlangani ko‘ringan.

Musulmon Ziyo, O‘zA