Qo‘ng‘irotda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi
Qo‘ng‘irot tumanida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari, oliy o‘quv yurtlarining talaba yoshlari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularni jamiyat hayotida, siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlashdan iborat edi.

Intellektual turnir ishtirokchilari “Tezkor savol-javob” va “Siyosiy tezkor javob” shartlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Qizg‘in bellashuvda o‘tgan turnir yakunida “Grand” jamoasi birinchi, “Madaniyat” jamoasi ikkinchi, “Parlament” jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblar partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri