English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘ng‘irotda bayram shukuhi
19:36 / 2023-12-06

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Konstitutsiya haftaligi” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Raushan” ovul fuqarolar yig‘inida bayram tadbiri hamda xalq sayli tashkil etildi.

Dastlab hudud aholisi o‘rtasida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ovul fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bayram munosabati bilan bir qator yangi maskanlar foydalanishga topshirildi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Musayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan qutladi. 

Tadbirda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh faollar, ko‘rik-tanlov hamda sport musobaqalari g‘oliblari munosib taqdirlandi. Shuningdek, milliy kiyimlar va taomlar ko‘rgazmalari, savdo yarmarkalari tashkil etildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Orolbo‘yining chekka hududlarida ham bayramga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri