Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
An’anaga aylangan bu kabi yig‘ilishlar yoshlarni barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlashga, ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida vazirlar, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, soha mutaxassislari va yoshlar O‘zA muxbiriga intervyu berib, muloqot ahamiyatiga alohida to‘xtalmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlatimiz rahbarining eng qayg‘uradigan sohasi yoshlar yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida tahsil olayotgan yoshlar soni ikki million nafardan oshdi. Ularga munosib ta’lim berish, kelajakda ish bilan ta’minlash juda muhim hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bugungi uchrashuvi ham ushbu masalaga bag‘ishlangan, – dedi vazir.
Intervyuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda tomosha qiling.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Iqn8oNs6WD0" title="Qo‘ng‘irotboy Sharipov: Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har bir tashabbusga alohida e’tibor qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA