Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘ng‘irot tumanida “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi
12:10 / 2025-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1 apreldagi PQ-231-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘ng‘irot tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Barsakelmes” tuz konining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida Qo‘ng‘irot tumani hududida “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi. 

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisining “Barsakelmes” tuz konida: 

a) 2026 yilda: qo‘shimcha infratuzilma barpo etish orqali tuzni qayta ishlash uchun qulay sharoit yaratish, kamida 50 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish; dunyo bozoridagi yirik investorlarni jalb qilish va yangi eksport bozorlarini o‘zlashtirish; 

2026-2030 yillarda jami 200 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi. 

Qarorga muvofiq, Qo‘ng‘irot tutmanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi. 

2025-2026 yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi va kelgusi yillarda zarurat bo‘lsa, Sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytiriladi. 

Sanoat zonasini boshqarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasiga yuklatiladi. 

Qarorga ko‘ra, “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasini 2025-2026 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va avtomobil yo‘llari infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi. 

“Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi hamda “Nukus sanoat texnoparki” faoliyati “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi”ga Sanoat zonasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha investorlarning barcha yuzaga kelgan muammosini “yagona darcha” tamoyili asosida vazirlik va idoralar hamda davlat tashkilotlari orqali hal qilish vakolati beriladi. 

Vazirlik va idoralar hamda davlat tashkilotlarining birinchi rahbarlari Loyiha ofisi tomonidan investorlar bilan bog‘liq muammolar tezkor hal qilinishini shaxsan nazorat qiladi. 

Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi. 

Sanoat zonasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliy aholini ishga qabul qilish uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etgan investorlarga o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlari qoplab beriladi.

O‘zA