English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qomusimiz – baxtimiz va huquqlarimiz kafolatidir (+video)
09:47 / 2024-12-08

“Qayerda qonun hukmron bo‘lsa, shu yerda adolat bo‘ladi” Amir Temur

8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bosh qomusimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. Ayniqsa, insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bo‘lish, ta’lim olish, mehnat qilish kabi huquqlarini, so‘z hamda e’tiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi.

Inson qadr-qimmatini e’zozlash, buning uchun har qanday holatda ham adolatni qaror toptirishga qodir bo‘lgan odil sudlov tizimini shakllantirish o‘tgan besh yil davomida eng ustuvor vazifaga aylandi.

Fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida advokatlarning vakolatlari kengaytirildi. Xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va olijanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qo‘llanmoqda.

Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan adolat prinsipini amalda ta’minlash bo‘yicha ham katta ishlar olib borilmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/2Nt_l36wHeE?si=I5J56k7OO9PUNKqI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev  O‘zA