FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 64-umumta’lim maktabida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni ishtirokida “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Bu tadbir oddiy rasmiy uchrashuv emas, balki samimiy muloqot maydoni bo‘ldi. Unda o‘quvchi-yoshlar qo‘mondon bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldi. Suhbat davomida Vatanga sadoqat, harbiy xizmatning sharafi, yurt tinchligi va kelajak uchun mas’uliyat kabi muhim mavzularga to‘xtalib o‘tildi. Qo‘mondonning samimiy va ilhomlantiruvchi so‘zlari yoshlar qalbidan o‘rin oldi, ularga yangi kuch va ruh bag‘ishladi.
Yoshlar o‘zlarining o‘quvdagi yutuqlari, hayotiy qarashlari va kelajak rejalari haqida gapirib, qo‘mondonning boy tajribasidan ilhom oldi. Harbiy xizmatga qiziqish bildirgan yigit-qizlar harbiy chiqishlar namoyish etdi.
Uchrashuvda faol qatnashgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-25812]
Bunday samimiy muloqot yoshlarda milliy g‘urur va Vatanga muhabbatni mustahkamlab, kelajakda bilimli, ma’naviy barkamol va yurtga sadoqatli avlodning yetishib chiqishiga zamin yaratishi bilan ahamiyatli.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA