French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mondon yosh askarlar bilan uchrashdi
17:29 / 2024-08-16

Andijon shahridagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” loyihasi doirasida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami oldidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh harbiy xizmatchilar qalbida burchga sadoqat, Vatan himoyasi yo‘lida fidoyi bo‘lish tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlar erishayotgan yutuqlar bilan tanishish, mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general mayor Oybek Saidov, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Komiljon Komilov ishtirok etdi.  

Uchrashuvda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, yoshlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  

Yosh askarlarni burchga sadoqatli, Vatan himoyasi yo‘lida fidoyi va sobitqadam bo‘lishga chaqirdi.  

Qo‘mondon uchrashuvda yosh askarlar erishayotgan yutuqlar bilan tanishdi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytardi.  

[gallery-18761]

Yoshlarning harbiy kasbga, xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilgan uchrashuvda harbiy burchni namunali ado etayotgan bir guruh yosh askarlar qo‘mondon tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari