Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mondon Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi
16:31 / 2024-01-09

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida tashkil etildi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor O. Saidov, shahar hokimi A. Otaxo‘jayev va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. 

[gallery-15376]

Muloqotda keyingi yillarda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyamiz salohiyati, harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritildi. 

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan harbiy qo‘mondon va shahar hokimiga murojaat qildi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga qo‘mondonning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Alimardon Karimov xonadonida bo‘lib, qahramon xotirasini yodga oldi. A. Karimovning oila a’zolariga davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan yordam puli va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA