Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mondon “Jasorat maktabi” yoshlari bilan uchrashdi
14:22 / 2024-03-02

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida joylashgan Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov “Jasorat maktabi”ning 10 kunlik o‘quv yig‘ini birinchi mavsum ishtirokchilari bilan uchrashdi.  

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda qo‘mondon Oybek Saidov Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mas’uliyati xususida so‘z yuritib, sohada mutaxassislar yetishtiruvchi ta’lim dargohlari haqida ma’lumot berdi.  

[gallery-16193]

Samimiy muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga harbiy qo‘mondon batafsil javob qaytardi.  

Uchrashuv yakunida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar to‘plami tuhfa etildi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA