Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mondon ijodkor yoshlar davrasida bo‘ldi
00:27 / 2021-10-22

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidovning o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ijod maktabi o‘quvchilari mehmonni o‘zlarining Ona vatan va tinchlikni ulug‘lovchi she’rlari bilan qarshi oldi. 

Shundan so‘ng, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni maktab xotira daftariga o‘zining samimiy tilaklarini yozib, yosh qalamkashlarning kelgusi o‘qish va ijodlariga ulkan muvofaqqiyatlar tiladi.

[gallery-4354]

“Yangi O‘zbekiston — yangi imkoniyatlar yurti!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda Jizzax shahar hokimligi, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Qo‘mondon milliy armiyamizning bugungi kuch-qudrati va salohiyati hamda Vatan tinchligi va osoiyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylarning erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.

Tadbir davomida ijod maktabining bir guruh faol yoshlariga badiiy adabiyotlar to‘plamlari, sport anjomlari va musiqiy cholg‘u asboblari sovg‘a qilindi. Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasining konsert dasturlari, qo‘l jangi ustalarining sahna ko‘rinishlari hamda qurol aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA