Xabaringiz bor, Navoiy shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi ertalabki sovuqda badantarbiya mashqlarini “klassik” ish kiyimlarida olib borayotganligi aks etgan videotasvirlar tarqalgan edi.
Bu borada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shuni ma’lum qiladiki, qo‘mita tomonidan Navoiy viloyat vterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi yoki Navoiy shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga ertalabki sovuqda jamoaviy badantarbiya mashqlarini tashkillashtirish, shuningdek sog‘lomlashtirish tadbirlarini bemavrid o‘tkazish bo‘yicha alohida ko‘rsatma yoki topshiriq berilmagan.
Mazkur holat davlatimiz rahbarining 30.10.2020 yildagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF 6099-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini chuqur anglamaslik natijasida yuzaga kelgan deb hisoblaymiz.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan nafaqat Navoiy shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga, balki barcha tizim tashkilotlariga prezidentimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini bunaqa ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma yoki topshiriq berilmaganligini alohida eslatib o‘tamiz.
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati