English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mita raisi Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi
17:00 / 2021-12-01

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. Norqobilov mamlakatimizda veterinariya xizmati infratuzilmasini yangi bosqichga ko‘tarish, sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari salohiyatini mustahkamlash, shuningdek hayvonlar salomatligini yaxshilash doirasida Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi missiyasi rahbari Yasmin Siddiqiy bilan “Hayvonlarning sog‘lig‘ini yaxshilash” loyihasini muhokama qildi.

Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur loyiha prezidentimizning 2020 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2021 yildagi istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Uchrashuvda loyihaning ishga tushishini tezlashtirish uchun 2022 yilning boshida yurtimizga Osiyo taraqqiyot bankining maslahat (konsultatsion) missiyasi yuborilishi, “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasidan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga “Hayvonlarning sog‘lig‘ini yaxshilash” loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishda konsalting firma yollanishi taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi yurtboshimizning 2021 yil 3 martdagi qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Loyihani samarali amalga oshirish uchun qo‘mita huzurida alohida yuridik shaxs maqomidagi Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etildi.

Qisqa muddatlarda loyiha doirasida 128,2 mln AQSH doll. miqdoridagi amaliy ishlar qilindi yoki Osiyo taraqqiyot bankining 85 foiz mablag‘i o‘zlashtirildi.

Deylik, ushbu sarmoya hisobiga chet davlatlardan 31110 bosh naslli qoramol, 53116 bosh zotdor qo‘y-echki, 16176 bosh naslli quyon, 2000 ming bosh parranda, 273 bosh ot, 138 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, yiliga 30 tonna asal ishlab chiqarish, 400 tonna junni qayta ishlash, 10466 tonna sutni qayta ishlash, 7609 tonna baliq yetishtirish, 4342 tonna go‘shtni qayta ishlash, 219750 tonna yem ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar xarid qilindi va 12 ta yangi ferma qurildi.

Natijada besh mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

O‘zA