Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘mita korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday ishlarni amalga oshirdi? (+video)
09:53 / 2022-01-22

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi o‘tgan 2021 yil davomida qonun ijodkorligi yo‘nalishida 37 ta qonun uchun mas’ul bo‘ldi. Shu kunga qadar ulardan 18 tasi qabul qilindi. Qo‘mita qonun ijodkorligi jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, sud-huquq sohasini isloh qilishning huquqiy poydevorini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratdi.

Qo‘mitaning 2021 yilgi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan brifingda qo‘mita a’zolarining har bir yo‘nalishdagi ishlari yuzasidan axborot taqdim etildi. 

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularni hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yil mobaynida qo‘mita nomiga kelib tushgan jami 4 ming 264 ta murojaatning 914 tasiga ijobiy yechim topildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur qo‘mitaga 2020 yilda jami 3 ming 176 ta murojaat kelgan va 300 tasiga ijobiy yechim topilgan. Bu raqamlar ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar soni ortib borayotganini ko‘rsatadi. 

Qo‘mita o‘z nomiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ham tashabbuskor bo‘lishi, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishda faol ishtirok etishi lozim. Brifingda bu borada qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.  

Shuningdek, brifingda o‘tgan davrda qo‘mita a’zolari tomonidan  800dan ortiq vakillarning qabuli tashkil etilgani ta’kidlandi. Qo‘mita a’zolarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalaridagi faoliyati, murojaatlar bilan ishlash borasidagi tajribalari haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

 <iframe width="898" height="505" src="https://www.youtube.com/embed/gsftSDMVIuc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA