Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lyozma asarlarni ta’mirlash laboratoriyasi ochildi
11:57 / 2024-10-02

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Turkiyaning GESKODER – An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va saqlab qolish assosiatsiyasi bilan imzolangan memorandumga muvofiq Qo‘lyozma asarlar laboratoriyasi ochildi.

Ushbu laboratoriya faoliyatining maqsadi – yurtimiz muzeylari, kutubxonalari, fondlarida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma asarlarini ta’mirlash, qog‘ozlarning tarkibini aniqlash va ularni tashqi omillar ta’siridan saqlashdan iborat.

Kelgusida laboratoriyada qo‘lyozmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha yurtimiz mutaxassislarini Turkiya restavratorlari tomonidan o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA