Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lida hunari bor, ammo imkoniyati yo‘q xotin-qizlarga tikuv mashinalari berildi
20:40 / 2021-02-05

Inson rizqi kasbi-korining ortidan keladi, deydilar. Kimdir qo‘li gul usta, kimdir hunarmand, yana kimdir boshqa bir kasbni egallaydi. Ammo turli sabab bilan inson ba’zan og‘ir turmush sharoitiga tushib qolishi ham mumkin. Xalqimiz qiynalganni suyashga o‘rgangan, buni azaliy an’ana deb biladi.

Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularga shart-sharoit yaratish, imkoniyat berish orqali qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ayni yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash doirasida Orolbo‘yida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida Nukus shahri, Xo‘jayli, Taxiatosh, Kegayli tumanlaridan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 23 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi va tikish-bichish materiallari topshirildi.

Yil boshidan buyon Taxtako‘pir tumanidan 3, Bo‘zatov tumanidan 6 nafar qo‘lida hunari bor xotin-qizga mana shunday tikuv mashinasi berildi. Bu borada “BERNINA NUKUS” sho‘’ba korxonasi bilan hamkorlik o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, shu orqali ularning bandligi ta’minlashdan iborat.

“BERNINA NUKUS” sho‘’ba korxonasi tomonidan bugungi kunda 53 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitildi. Kelajakda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini yanada kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Chunki, mamlakatimizda aholi bandligi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ayollar bandligini ta’minlash hisoblanadi. Hududda bu boradagi amaliy ishlar davom etadi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev(surat), O‘zA