Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lbola usulda “paqildoq” tayyorlagan yoshlar ushlandi
21:43 / 2022-12-22

Pirotexnika vositalarini qo‘lbola usulda tayyorlash ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasiga asosan ashyolar musodara qilinadi. Qonunbuzarlarga 5 baravardan 20 baravargacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biroq muntazam o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan Yangi yil bayrami arafasida buning ortidan daromad topishga urinishlar ko‘paymoqda.  

Xususan, Yangiyo‘l shahar IIB HPB xodimlari tomonidan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida 2 nafar voyaga yetmagan yosh “Mezon” MFY yashovchi R.A. va “Baxt” MFY yashovchi M.A. ushlangan.  

Ular o‘zaro kelishib, qonunga zid ravishda, qo‘lbola usulda pirotexnika vositalarini tayyorlagani aniqlandi. Shundan so‘ng barcha buyum va moddalar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.  

Aslida pirotexnika vositalari o‘yinchoq emas. Undan jabr ko‘rib, salomatligini yo‘qotganlar bir umrlik asoratlari bilan yashashga majbur. 

A.Musayev, O‘zA