English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lbola, soxta mahsulotlar sexi fosh etildi
19:27 / 2025-07-31

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik va tezkor tadbirlarda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 29 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Holatlar yuzasidan 25 ta jinoyat va 4 ta ma’muriy ish ochilgan.

Huquqbuzarlardan jami 1milliard 500 million so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Xususan, bir necha kun oldin departament , ichki ishlar, bojxona va milliy gvardiya viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida Urganch tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

[gallery-24556]

Tadbirda ushbu tumanning “Baxshilar” mahallasida yashovchi fuqaro, yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi fosh etildi. Uning yashash xonadonida 1 ming 50 litr spirt, 2 ming 345 dona qopqoq plyonkalari, 1 ming 330 dona shisha qopqoqlari, 17 ming dona 3 turdagi alkogol shisha etiketkasi, 2 ming 500 dona qalbaki aksiz marka, 286 dona bo‘sh shisha idishlari, aroq mahsulotini qadoqlash qutisi uchun mo‘ljallangan 471 dona aksiz marka, qalbaki bo‘lgan turli hajmdagi qo‘lbola usulda tayyorlangan 4 turdagi 1 ming 595 shisha spirtli ichimliklar, 71 ming 500 dona qalbaki markirovka, 45 ming 600 dona himoya lentasi, qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklarni saqlashga mo‘ljallangan 1 dona 250 litr hajmli yelim idish borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzar Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4BK0fgMNHZY" title="Qo‘lbola, soxta mahsulotlar sexi fosh etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari