French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘lbola alkogol ichimliklar savdosining oldi olindi
21:04 / 2022-01-17

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan alkogol ichimliklar savdosining oldi olindi.

Jumladan, hamkorlikdagi tezkor tadbirda, fuqarolar O.Z., N.M. va J.A. oldindan til biriktiroib, fuqaro A.ga qalbaki aksiz markali jami 804 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 13,4 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA