"Qo‘l to‘pi" Xovosda ham ommalashyapti
Daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilsen tomonidan 1898 yilda asos solingan "Qo‘l to‘pi", ya’ni sportning gandbol turi yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xovos tumanida ham ommalashyapti. Qiziquvchilar soni esa ortib boryapti.
Ushbu sport turini erkaklar, ayollar, talabalar va bolalar o‘rtasida ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida turli darajadagi musobaqalar o‘tkazilyapti.

Yaqinda sportning ushbu turi bo‘yicha Xovos tumanidagi 28 ta mahalla jamoalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi" uchun qizg‘in kurashdilar.

Murosasiz kechgan bahslarda Gulbahor mahallasi yoshlari mutlaq g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri