Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘l mehnati bilan tayyorlangan qo‘g‘irchoqlarga talab katta
09:36 / 2021-12-16

Farg‘ona viloyatida milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik qilayotgan xotin-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. Farg‘ona tumanilik Sadoqatxon Mirzayeva «Sadosh» brendi ostida qo‘g‘irchoqlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan.

Kashtachilik, quroqchilik, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar to‘qish sir-sinoatlarini yaxshi egallagan Sadoqatxon mahalladagi ishsiz ayollarni ham jalb qilgan holda qo‘l mehnati bilan qo‘g‘irchoq tayyorlashga kirishganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Biroq hozirdanoq mahsulotlarga xorijda ham katta talab paydo bo‘lib, «Amazon» xalqaro onlayn savdo platformasi orqali qo‘g‘irchoq sotishni yo‘lga qo‘ymoqda. Tadbirkor tomonidan qo‘g‘irchoqlarni qo‘shni respublikalar, BAA, AQSH davlatlariga eksport qilish ham rejalashtirilgan. Buning uchun 2022 yilning birinchi choragida qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilib, qishloqda kooperatsiya tashkil etiladi va 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Kooperatsiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 3 milliard so‘mga yetishi ko‘zda tutilgan. 


Tadbirkor «Shohimardonsoy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi bo‘sh turgan binoda ish boshladi va kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bu dastlabki qadam bo‘ldi. Bu yerda milliy hamda zamonaviy uslubda kashtachilik, quroqchilik, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni kunda 30 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi. E’tiborlisi, ustoz-shogird an’analari asosida yiliga 400 nafar ayol-qizl hunarmand-usta bo‘lib yetishadi.

M. Sulaymonov, O‘zA