Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘l jangi – polvonlar bahsi
14:41 / 2026-01-20

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga bag‘ishlab qo‘l jangi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.       

Musobaqada Surxondaryo viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan bir qatorda qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurgan sportchilar ham qatnashib, o‘z mahoratini namoyish etdi.  

Tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.  Shu bilan birga qo‘l jangi o‘zining murosasizligi, tezkorligi va tomoshabopligi bilan ajralib turishi, Surxondaryo viloyatida mingga yaqin yoshlar ushbu sport turi bo‘yicha mahorat sirlarini egallayotgani, ular orasida respublika va xalqaro miqyosida musobaqa g‘oliblari safi kengligi  tilga olindi.

[gallery-27204]

Yuz nafardan ortiq havaskor va professional sportchi ishtirokidagi viloyat chempionati yuqori shiddat va keskin raqobat ostida kechdi. G‘olib va sovrindor sportchilar respublika chempionatida qatnashish uchun saralab olindi.       

Musobaqa yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA