Qo‘l jangi: O‘zbekistonning yangi chempionlari aniqlanmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Qo‘l jangi bo‘yicha mamlakat birinchiligining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov, cport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda kuch tuzilmalarining mutasaddi rahbarlari musobaqalar mamlakatimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qiladigan mahoratli sportchilarni aniqlash vazifasini o‘tashini ta’kidlashdi.


Shundan so‘ng bir qator vazn toifalarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekistonning yangi chempionlari aniqlanib, mutasaddilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Chempionat janglari 12 fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA