Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qohirada Isroil va HAMAS muzokarasi boshlandi
12:56 / 2025-10-06

Isroil va HAMAS delegatsiyalari bugun Misrda Donald Tramp taklif etgan G‘azoda tinchlik o‘rnatish rejasini muhokama qilish uchun bilvosita muzokara boshladi.

Qohirada o‘tayotgan muloqotni xalqaro vositachilar nazorat qilmoqda. HAMAS delegatsiyasiga o‘tgan oy Qatarda Isroil tomonidan nishonga olingan Xalil Al-Hayo boshchilik qilmoqda. U kecha kechqurun Misr poytaxtiga yetib kelgan. Isroil tomoni esa manzilga erta tong yetib bordi.

HAMAS Tramp ilgari surgan 20 bandli tinchlik rejasining ayrim qismlari, jumladan garovdagi isroilliklarni ozod qilish bandini ma’qullagan, biroq barcha shartlarga hali rozi bo‘lgani yo‘q.
– Hamma tez harakat qilishi kerak, menga aytishlaricha, birinchi bosqich shu hafta yakunlanadi, — degan Tramp.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa “yaqin kunlarda garovdagilar ozod qilinishi”dan umid qilayotganini aytdi. Darvoqe, Isroil G‘azoga zarbalarni davom ettirmoqda. Mahalliy fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 24 falastinlik halok bo‘lgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA