Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘g‘irchoq teatrida yangi spektakl premerasi
07:50 / 2025-09-12

Buyuk ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan boshlab, Xitoy va Markaziy Osiyo hududlari o‘rtasida barpo etilib, savdo, ijtimoiy aloqalar karvonlar orqali amalga oshirilgan.

Karvonlar uchun dam oladigan, tunaydigan maskanlar qurilib, ular Karvonsaroy deb atalgan. Ularda sayyohlarga mahalliy aholi madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatgan. Madaniy xizmatning asosini qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari tashkil etgan. 

Rus yozuvchisi Irina Lukyanovaning “Karvonsaroy” asarida qo‘g‘irchoq teatrining asosi va tarixi haqida hikoya qilinadi. Asar voqealari qo‘g‘irchoq teatrining nafis turi “Chodir jamol” atrofida bo‘lib o‘tadiki, Abdurayim qurumsoq, Kachal povon, Bichixon, Korfarmon, Badihago‘y singari hazil va hajvga yo‘g‘rilgan qiziqchilar obrazi tomoshabinlar e’tiborini tortadi. Makon va zamonni tabiiy uyg‘unlashtiruvchi obrazlardan Korfarmon – jonli qo‘g‘irchoqboz sifatida tomosha ijrochisi, Badihago‘y – ijrochilik san’atini uzil-kesil e’tirof etuvchi bosqich. 

Asarning yana bir ahamiyatga molik jihati shundaki, qo‘g‘irchoq teatri aktyorlarining mahoratini oshirishga juda qulay “Chodir jamol” tasviridir. “Chodir jamol” tanlangan sahna bo‘lib,  u aktyorning  bir vaqtning o‘zida ikki personajni jonlantirishiga imkon beradi. 

Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Fathulla Xo‘jayev badiiy rahbarlik qilgan spektaklni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Musinov sahnalashtirgan. Sadriddin Ismonov, Bunyodbek Abdug‘afforov, Qahramon Davlatov, Luqmonjon Tursunboyev, Saida Bekmirzayeva, Zarnigor Olimjonova kabi aktyor-aktrisalarning  ijro mahorati tomoshabinlarning davomli olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Asar taqdimotida qatnashgan Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinara Yaqubova yosh jamoaning ijodiy ishlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.