Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘g‘irchoq teatrida «Sehrli uzuk» taqdimoti bo‘lib o‘tdi (+video)
23:03 / 2025-07-12

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida dramaturg X. Abidovaning "Sehrli uzuk" nomli ertak asari asosida sahnalashtirilgan spektakli premerasi bo‘lib o‘tdi.

Asar Qozog‘iston Respublikasi M.Gorkiy nomidagi akademik rus drama teatri rejissyori B. Parmanov tomonidan sahnalashtirildi. Spektakl bosh rassomi esa Rossiya Federatsiyasidan kelgan sahna rassomi Aleksey Goviazindir.

[gallery-24286]

Premerada teatr direktori U. Mambetaliyev va spektakl rejissyori B. Parmanov so‘zga chiqib, ushbu ijodiy hamkorlik va uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Asar yosh tomoshabinlarning ma’naviy tarbiyasida muhim vositalardan ekanligi, unda ezgulik, do‘stlik, mehr va oqibat kabi g‘oyalar yorqin aks etgani ta’kidlandi. 

Spektakl tomoshabinlar, ayniqsa, bolalar tomonidan katta qiziqish va xursandchilik bilan kutib olindi. Rang-barang dekoratsiyalar, hayotiy obrazlar va mohirona ijro bolalarni sarguzashtlar olamiga chorladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4W1z7DtA16c" title="Qo‘g‘irchoq teatrida «Sehrli uzuk» taqdimoti bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

 Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA