Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘g‘aydagi zamonaviy maktab
15:21 / 2021-10-21

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay qishlog‘idagi 3-umumta’lim maktabida 700 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.

Maktabda sifatli ta’lim uchun yetarli sharoit yaratilgan. 18 ta fan, 10 ta ijodiy, 6 ta sport to‘garaklari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun logoped xizmati, yakka tartibdagi dars jarayonlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

2019 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan ta’lim muassasasining nafaqat ko‘rkam binosi, balki landshafti ham e’tiborga arzigulik.  

[gallery-4342]

Kirishingiz bilan sizni atirgulzor qurshaydi. Uning yoqimli ifori dimoqqa uradi. O‘quvchilarda esa ozodalik, saranjom-sarishtalik, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish  kabi fazilatlar shakllangan.  

Ushbu ta’lim dargohi «Zamonaviy maktab» sifatida viloyatda tanlab olingan 38 ta maktab ichida yetakchi o‘rinda. Buni 2020-2021 o‘quv yili natijalariga ko‘ra bitiruvchilarning qariyb 40 foizi oliy ta’limda o‘qishni davom ettirganida ham ko‘rish mumkin.  

 

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA