Qochoqlarga insonparvarlik yordami jo‘natildi
Turkiyaning xalqaro hamkorlik va muvofiqlashuv agentligi tomonidan Bangladeshdagi lagerlarda yashovchi rohinja qochoqlariga insonparvarlik yordami jo‘natildi.
Turkiyaning xalqaro hamkorlik va muvofiqlashuv agentligi tomonidan Bangladeshdagi lagerlarda yashovchi rohinja qochoqlariga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda "Anadolu Ajansi" xabar beradi.
“Biz har bir rohinja oilasi uchun 25 kilogrammdan guruch, uch litrdan yog‘ va boshqa mahsulotlarni jo‘natdik”, deydi tashkilotning muvofiqlashtiruvchisi o‘rinbosari Emra Ekinchi.
Shu tariqa, umumiy hisobda besh ming rohinja oilasiga, ya’ni 20 mingdan ortiq odamga oziq-ovqat ta’minoti yetkazildi.