Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘y terisidan libos kiyib ko‘rganmisiz?
14:24 / 2019-10-17

Avval xabar berganimiz kabi, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazamalar majmuasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan an’anaviy “UzCharmExpo” charm, poyabzal va mo‘yna 11-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda.


Avval xabar berganimiz kabi, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazamalar majmuasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan an’anaviy “UzCharmExpo” charm, poyabzal va mo‘yna 11-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda.

Anjuman ekspozitsiyasidan 3500 ortiq mahsulot namunalari joy olgan bo‘lib, eng zamonaviy charm-poyabzal, mo‘yna mahsulotlarini ana shu yerda uchratish mumkin. Ular orasida qo‘shma korxona shaklida faoliyatini tashkil etib, qorako‘l terisidan turli xilda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston- Belorus qo‘shma korxonasi ana shunday korxonalardan biri bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 95 ming dollar miqdorida eksportni amalga oshirdi.

–Hududimizda yetishtirilgan qorako‘l va belorusdan keltirilgan norka terisidan ayollar,bolalar va erkaklarga bosh kiyimlar tikamiz, –deydi korxona direktori Shamsiddin Toshmurodov. – Ayni vaqtda ularni turi 15 xilga yetdi. Shuningdek, harbiylarga ust kiyimlar, ayollar va bolalarga nimchalar, paltolar ham tayyorlaymiz. Teridan qilingan yostiq va joynamozlar ham ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

Ayni vaqtda ishlab chiqarish sifatini yanada oshirish uchun Turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Ulardan keltiriladigan texnologiyalar ko‘magida qorako‘l bilan bir qatorda qo‘y terisiga ham ishlov berish va mahsulot tayyorlashni mo‘ljallab turibmiz. Chunki, yurtimizda qo‘y terisi ham juda ko‘p.

Shu o‘rinda biz tadbirkordan “qo‘y terisi bilan qorako‘lni nima farqi bor? Ularga ishlov berish jarayoni qanday kechadi?” deya so‘raganimizda albatta farqi borligini tushuntirdi.

–Qo‘y terisini terisi va juni qorako‘lga nisbatan qalin bo‘ladi. –deydi Sh. Toshmurodov.– Shuning uchun qo‘y terisini qayta ishlash jarayoni uzoq davom etadi. Qorako‘lga ishlov berish uncha qiyin emas. Arpadan yorma qilib, shu bilan ishlov beramiz. Hammasi ekologik toza bo‘lib, kimyoviy hech narsa qo‘shilmaydi. Qo‘y terisidan harbiylarga paltolar, zavod va fabrika ishchilariga maxsus nimchalar tikamiz. Ular tabiiy jarayonda juda issiq bo‘lib, tanani sovuqdan yaxshi saqlaydi.

Ayni vaqtda korxonada yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Ana shunda yana qo‘shimcha 20 ish o‘rni yaratiladi.

Qayd etish joizki, ayni vaqtda korxona qoshida qorako‘lchilikda yangi navlarni yaratish borasida naslchilik ishlari ham olib borilmoqda. Natijalar esa quvonarli. Qorako‘lning yo‘qolib borayotgan yuzlab turi qayta tiklanishi kutilmoqda.

Yana bir gap ayni vaqtda tizimda eksport geografiyasi va hajmi, ayniqsa, xorijiy bozorlarga aynan yuqori qiymatli tayyor mahsulotlarni yetkazib berish hisobiga eksport strukturasi o‘zgarmoqda. Agar raqamlarga nazar tashlasak, 2017 yilda eksportdan kelgan tushum 105,1 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning yakuni bilan 197 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi kutilmoqda O‘sish sur’ati 2017 yilga nisbatan 1,9 barobarga ko‘p bo‘lib, 2025 yilga kelib esa eksport ko‘rsatkichlari 1,5 milliard dollardan oshishi prognoz qilinmoqda.