Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasida O‘zbekiston vakillari ikkinchi o‘rinni egalladi
12:08 / 2019-08-19

5-15 avgust kunlari Hindistonning Rajaston shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.


5-15 avgust kunlari Hindistonning Rajaston shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Besh bosqichdan iborat musobaqada O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Sudan harbiylari ishtirok etdi. Bahslar yakunida mezbon davlat vakillari birinchi, mamlakatimiz harbiylari ikkinchi, rossiyalik harbiylar jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

18 avgust kuni mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimiz jamoasi vakillari xalqaro musobaqadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Vyacheslav Lokota, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik:

– “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasida yirik jamoalarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldik. Bahslar davomida shaxsiy tarkib katta tajriba orttirdi, xorijiy jamoalar bilan yaqindan tanishdi. O‘ylaymanki, kelgusida bu kabi musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishamiz. 

photo5391125310688308082.jpg

Anzor Meliev, Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri o‘rinbosari, mayor:

– Shaxsiy tarkibimiz ushbu musobaqada uchinchi bor ishtirok etdi. So‘nggi bosqichga kelib bir necha jamoa g‘oliblikka davogarlik qildi. Yakuniy bosqich jamoalardan ham ruhan, ham jismonan yuqori tayyorgarlikni talab qilardi. 

Albatta, bu kabi musobaqalarda mamlakatimiz vakillarining yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi harbiylarimizning mahorati va tayyorgarligi yuqori darajada ekanidan dalolatdir. Biz ushbu g‘alabamizni Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik bayramiga bag‘ishlaymiz.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 
bilan hamkorlikda tayyorlandi